- 2026-03-05
- 5487
- Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
“Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif etamiz!
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy, sport va intellektual yo‘nalishlarda qator qiziqarli hamda mazmunli tadbirlar tashkil etiladi.
📘 Tadbirlar dasturi:
🕖 07:00 — Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari
🏐 11:00 — Voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa
👥 11:30 — Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot
✍️ 14:00 — “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi
🧠 15:00 — Psixologik treninglar va motivatsion aksiyalar
📚 15:30 — “Men sevgan asar” nomli kitob taqdimoti
🧠 16:00 — “Zakovat” ligasining navbatdagi 3-turi
🎉 18:00 — “Talaba oqshomi” bayram tadbiri
✨ Aziz talaba-yoshlar! Sizni ushbu ko‘tarinki ruhda o‘tadigan, mazmunan boy va qiziqarli tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
