- 2026-03-05
- 5490
- Samarqand shahar, Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Samarqand davlat pedagogika institutida bitiruvchi bosqich talabalari uchun Respublika fan olimpiadasining institut bosqichiga start berildi.
Bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining institut bosqichlari quyidagi tartibda tashkil etiladi:
📚 Fanlar va o‘tkazilish joylari:
🧪 Kimyo
📆 2026-yil 26-mart, soat 10:00 da
📍 Tabiiy fanlar fakulteti, 207-xona
🧬 Biologiya
📆 2026-yil 27-mart, soat 11:00 da
📍 Tabiiy fanlar fakulteti, kichik majlislar zali
💻 Informatika va axborot texnologiyalari
📆 2026-yil 1-aprel, soat 10:00 da
📍 Asosiy “A” bino, 3-qavat, ma’ruzalar zali
🌡 Fizika
📆 2026-yil 7-aprel, soat 10:00 da
📍 Asosiy “A” bino, 3-qavat, ma’ruzalar zali
Eslatma: Fan olimpiadasining final bosqichi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.
📃 Tanlov nizomi bilan tanishish hamda batafsil ma’lumot olish uchun SamDPI Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga yoki ✉️ @Boqiyev_0930 manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
📞Murojaat uchun:
📱 88-325-09-30
📱 93-307-09-30
