Xalqaro aloqalar

Djumaev Maxmudjon Murodovich
Xalqaro aloqalar

Reception time Monday-Saturday (09:00-17:00)
Phone: +998 (66) 222-69-27
Fax: +998 (66) 222-69-27
E-mail: .
Telegram: +998 (66) 222-69-27
Address: 166th house,Spitamen shokh street

Vazifalari
  • Bo‘lim boshlig‘i ushbu nizom va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining nizomiga asosan bo‘lim ish faoliyatini va uning bevosita boshqaruvini tashkil etadi, bo‘lim faoliyatiga oid ishlarni muvofiqlashtiradi va rejalashtiradi;
  • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha qaror qabul qiladi, yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
  • Bo‘lim xodimlarining vakolatlari, vazifalarini belgilaydi, ushbu nizom va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq xodimlarning majburiyatlarini taqsimlaydi;
  • Bo‘lim faoliyatini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining xorijiy davlatlar bilan aloqalarini rivojlantirishga oid ishlarni amalga oshiradi;
  • Bo‘lim faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tashkil etilgan yig‘ilishlarda ishtirok etadi;
  • Vazirlik raxbariyatiga bo‘lim faoliyati yuzasidan xisobot beradi, xodimlarning malakasini oshirish, taqdirlash, jazolash, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish bo‘yicha takliflarni kiritadi;
  • Umumiy raxbarlikni amalga oshirib, bo‘limning reja-tadbirlarini tuzadi;
  • Vazirlik raxbariyati oldida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xisobot berib boradi hamda yuqori tashkilotlarga ma’lumotlar tayyorlaydi;
  • Vazirlik hay’ati majlislarida ma’ruzalar qiladi;
  • Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, vakolatxonalari, ta’lim tashkilotlari, jamg‘armalari va muassasalari bilan o‘zaro xamkorlikda amalga oshiriladigan yo‘nalishlarni belgilaydi;
  • Xorijiy davlatlarning elchixonalari, vakolatxonalari, ta’lim tashkilotlari, jamg‘armalari va muassasalari vakillari, shuningdek xorijiy delegatsiyalarning vazirlikda uchrashuv va muzokaralarini o‘tkazishni tashkil etadi;
  • Xorijiy tashkilotlar tomonidan uyushtiriladigan ta’lim soxasiga oid tadbirlarda ishtirok etadi;
  • Oliy ta’lim soxasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar va konferensiyalarda ishtirok etadi;
  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, qonunosti xujjatlari hamda oliy ta’lim tizimini tartibga soluvchi tegishli normativ-xuquqiy xujjatlarning tegishli qismi mazmun-moxiyatini.
Malaka talablari:
  • Oliy ma’lumotga;
  • Tegishli lavozimlarda zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatlilik, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish xususiyatlariga;
• Tegishli lavozimlarda ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
1