“Talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etish” mavzusida ma'ruza darslari tashkil etildi

07-Sep-2023 907

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining barcha ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi birinchi bosqich talabalari uchun “Talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etish” mavzusida ma'ruza darslari tashkil etildi.

Unda institutimizning 1-bosqich talabalariga “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limining vazifalari, fan olimpiadalarida ishtirok etish ko‘nikmalari, Prezident va nomdor davlat stipendiyalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Bundan tashqari, IT-Park Samarqand filiali vakili B.Toshboyev tomonidan talabalarga Start-Up loyihalari bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati

1