Toshkent viloyatining MXSK sport kompleksida sportning aralash jang san’atlari bo‘yicha 18-20 va 21 yoshdan kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi”da O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi Abdusaidov Bobosher 91 kg vazn toifasida 2-o‘rinni, shu fakultetning yana bir talabasi Baxrilloyev Murodillo esa 70 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqa sovrindorlari qatoridan joy olishdi.
Institut jamoasi nomidan sportchi yoshlarimizga va ularning ustoz-murabbiylariga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz