Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakultetida “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi

16-Sep-2023 38084

Tanishtiruv haftaligi doirasida o‘tkazib kelinayotgan “Ota-onalar kongressi”ning navbatdagisi Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakultetida bo‘lib o‘tdi. Kongressda, yangi o‘quv yilida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining mazkur fakultetiga o‘qishga kirgan 1-bosqich talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Kongress doirasida ko‘ngilochar konsert dasturi, o‘quv, laboratoriya, kompyuter xonalari hamda kutubxona bo‘ylab sayohat, talabalar turar joylarida uchrashuvlar tashkil etildi. 

Tadbirda so‘z olganlar, yoshlarni kelajakda yetuk, malakali pedagog kadr bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirishdi. 

 

Axborot xizmati

1