Erkinjon Turdimov ta’lim tizimi vakillari bilan uchrashdi

18-Sep-2023 35986

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida ta’lim tizimi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarga javoban viloyatda bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash, pedagoglar malakasini oshirish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrovini kuchaytirish, tuman, shahar maktablariga pedagog kadrlar yetkazib berish, shuningdek, tarbiyaviy masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Sh.Negmatova, prorektorlar, dekanlar va kafedra mudirlari ham ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati

1