Tadbirda, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi bo‘linma boshlig‘i B.Nuriddinov, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi xotin- qizlar tergovi bo‘yicha katta inspektor N.Burhonova, institut birinchi prorektori Z.Muminova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Xotin-qizlarning oila va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi ko‘p jihatdan yurtimizda mavjud sharoitlar hamda ularga ko‘rsatilayotgan ko‘makka bog‘liq. Bunda nafaqat ayollarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va haq-huquqlarini har tomonlama himoya qilish, balki ular orasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Shu jihatdan xotin-qizlarning g‘ayriijtimoiy xulqiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish masalasi gender tenglikni ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar diqqat markazida turibdi. So‘nggi yillar mobaynida ayollar manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha samarali mexanizmni yo‘lga qo‘yish borasida aniq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bunda, ayniqsa, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ko‘mak berish, ishga joylashtirish, uy-joy masalasini hal qilish, erta nikohlar, ajrashishlarni bartaraf etish orqali ular orasida jinoyatchilikning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz