O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “InnoWeek.Uz-2023” kuzgi tijoratlashtirish forumi o‘tkazildi

22-Sep-2023 1562

Mazkur forumda institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy-amaliy ishlar jamlanmasi va “Start-Up” loyihalari namoyish etildi.

Institut rektori Sh.Negmatova,  rahbariyat vakillari hamda  Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining Innovatsion rivojlanish sho‘basi boshlig‘i S.Xayrullayev va sho‘ba bosh mutaxassisi  M.Otamurodovlar bilan birgalikda  ko‘rgazmada namoyish etilgan ilmiy-amaliy ishlar, robototexnika uskunalari, kashtachilik, haykaltaroshlik na’munalari va “Start-Up” loyihalari bilan yaqindan tanishishdi.

 

Axborot xizmati

1