Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti "Registon" oʻquv markazi bilan hamkorlik qiladi

30-Oct-2023 3385

Bugun institut rektori Shaxzoda Negmatova Samarqand shahrida joylashgan "Registon" oʻquv markazi masʼullarini qabul qildi. Muloqot davomida talabalarga oʻquv markazda imtiyozlar joriy etish, xorijiy tillarni oʻqitish yuzasidan alohida dasturda ish olib borish masalalari muhokama etildi. 

Shuningdek, ikki tomonlama ijobiy aloqalarni aks ettiruvchi hamkorlik memorandumi imzolandi

 

Axborot xizmati

1