Ilmda faol boʻlgan yoshlar doimo eʼtiborda

01-Nov-2023 5759

Bugun Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda faol boʻlgan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Institutimiz rektori faol boʻlgan har qanday talabani rahbariyat doimo qoʻllab-quvvatlashini, ayniqsa, yoshlarning orasida oʻz ilmini namoyon etayotganlarga alohida eʼtibor qaratilishini taʼkidladi. Shuningdek, endilikda chet tilidan xalqaro sertifikat – IELTS dan C1 daraja va undan yuqori natija koʻrsatgan har bir talaba ham ragʻbatlantirilishini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng tadbirning asosiy qismiga navbat berilib, matematika fanidan "Muhammad al-Xorazmiy" nomidagi xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etgan talabalarga noutbuk va planshetlar sovgʻa qilindi.

Oʻzining tashabbuskorligi, ijtimoiy-maʼnaviy muhitda faolligi bilan ajralib turadigan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti koordinatorlariga institut rektorining "Ishonch yorligʻi" topshirildi.

Tadbir soʻngida, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Dilshod Xudoyberdiyev tomonidan "Bugungi tanlovimiz ertangi kunimiz garovi" mavzusida taqdimot oʻtkazildi. Unda talabalarni ilmga daʼvat etish, bilim orqali muvaffaqiyatga erishish, oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻya olish va shu kabi muhim mavzular yuzasidan kerakli maʼlumotlar berildi.

 

Axborot xizmati

1