O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o'tkaziladi

17-Nov-2023 4743

Joriy yilning 22-noyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o'tkaziladi. Ushbu tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, fuqarolar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishlari hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Ma'lumot o'rnida: O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag'ishlangan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida tashkilot, muassasalar tomonidan faoliyatlarida ochiqlikni ta'minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag'ishlangan tadbir o'tkazish nazarda tutilgan.

 

 

1