Amaliy matematika va fizika fakulteti
Abdullayev Abubakir Narzullayevich
Amaliy matematika va fizika fakulteti dekani
dotsent
Qabul vaqti |
Dushanba-Shanba soat 8:00 dan 16: 00 gacha |
Tel: |
+998 (66) 222-69-27 |
Fax: |
+998 (66) 222-69-27 |
E-mail: |
. |
Telegram: |
+998 (66) 222-69-27 |
Manzil: |
Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy |
Amaliy matematika va fizika fakulteti
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyuldagi PQ-289-sonli “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, jahon standartlariga mos tarzda zamonaviy-innovatsion dasturlar asosida ta’lim berish muhim vazifa etib belgilab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-iyuldagi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida matematika va informatika, fizika-astronomiya, biologiya, kimyo, geografiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishlari qamrovida “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti” tashkil etilib, 2021-2023-o‘quv yilida faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan “Amaliy matematika va fizika” fakulteti faoliyati tashkil etildi. Ushbu fakultetda 60110600 - Matematika va informatika, 60110700 - Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha bakalavr hamda 70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika), 70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari, 70110701 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali magistr mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.
Fakultetda “Matematika va informatika”, “Fizika-astronomiya” kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 47 nafar malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Fakultetda 2023-yil 12-avgustdan texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdullayev Abubakir Narzullayevich rahbarlik qilmoqda.