Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti

Haydarov Baxtiyar Tojiyevich
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti dekani
professor

Qabul vaqti Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16: 00 gacha
Tel: +998 (66) 222-69-27
Fax: +998 (66) 222-69-27
E-mail: baxtiyartojiyevich@inbox.ru
Telegram: +998 (66) 222-69-27
Manzil: Samarqand shahar, Kimyogarlar q’rg’oni Narpay ko’chasi 60 uy 20 xonadon

Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti Xodimlar



Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti


      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi №408 qaroriga asosan, Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tarkibida 5 ta fakultet tashkil etildi. 
“Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti 4 ta kafedradan iborat:
•     Aniq fanlar kafedrasi;
•     Tabiiy fanlar kafedrasi;
•     Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi;
•     Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedralari
 
     Fakultet tarkibida quyidagi yo’nalishlar mavjud:
•     Matematika va informatika
•     Fizika va astranomiya
           Ma`naviy-marifiy ishlar
Fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida fakultet hamda institut rahbariyati tomonidan turli xildagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan:
   -   Samarqand davlat universiteti O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o’tkazilgan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir fakultet talabalarining kunduzgi hamda kechki talim shaklida tahsil olayotgan talabalari o’rtasida tashkillashtirildi.
   -  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonda futbolini rivojlantirishni mutlaqo yangicha bosqichga chiqarish chora tadbirlari to’g’risida ”2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida ”2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosi yuzasidan professional futbolni ommalashtirish, bu borada oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida turli yo’nalishlarda futbol bo’yicha musobaqalar o’tkazilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston futbol asotsatsiyasi, O’zbekiston Professional futbol ligasi qaroriga asosan Samarqand viloyati oliy o’quv yurtlarining talabalari o’rtasida dastlabki bosqich sport musobaqalari bahslarida SamDU O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va Jismoniy madaniyat fakultetining jamoasi hamda Samarqand chet tillari instituti jamoasi bilan tashkil etilgan bahslarda 3:2 hisobida g’alaba qozonib keyingi bahslarda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi. yo’llanmani qo’lga kiritdi. -  Insitutning faollar zalida tashkil etilgan Zakovat o‘yinlarining birinchi bosqichi tashkil etilib unda 48 jamoa keyingi bosqich yo‘llanmalari uchun o‘zaro bahs olib borishdi
   -  SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining faollar zalida tashkil etilgan “Ustoz otaday ulug’ mavzusida” mavzusidagi tadbirda Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham faol qatnashishdi.

1