Maktabgacha ta’lim fakulteti

Zohidova Sanoat Raxmonovna
Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani
dotsent

Qabul vaqti Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
Tel: +998 (66) 222-69-27
Fax: +998 (66) 222-69-27
E-mail: zohidova88@mail.ru
Telegram: +998 (66) 222-69-27
Manzil: Spitamen shoh ko’chasi 166-uy.

Maktabgacha ta’lim fakulteti Xodimlari


...
Qurdashov Shahriddin Mahmud o‘g‘li

Maktabgacha ta'lim fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Shaxsiy kabinet
...
Niyozov Zafar Karimqulovich

Maktabgacha ta'lim fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o‘rinbosari

Shaxsiy kabinet

Maktabgacha ta’lim fakulteti


     Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.  Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom" bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta`lim tizimi.

  Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.    Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin. Maktabgacha ta’lim fakulteti Samarqand davlat universiteti qoshida 2018-yil 26-avgustda universitet rektori R.I.Xalmuradovning 584-IJ sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Dastlab fakultetda 5 ta kafedra mavjud bo‘lgan. Bular: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi, maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi, musiqiy ta’lim kafedrasi, umumtexnik fanlar va texnologiyalar kafedrasi. 2019-2020 o’quv yilida tasviriy san’at va muhandislik grafikasi va musiqiy ta’lim kafedralari alohida ajralib san’atshunoslik fakulteti sifatida o‘z ishini boshladi. 2019-2020 o‘quv yilida maktabgacha ta’lim fakulteida 3 ta kafedra maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi, maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi va umumtexnik fanlar va texnologiyalar kafedralari faoliyat yuritdi. 2021-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 408-qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida Maktabgacha ta’lim fakulteti ham tashkil etildi. Fakultet dekani etib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Zohidova Sanoat Raxmonovna etib tayinlandi. Fakultetningo‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari etib Qurdashov Shahriddin Mahmud o‘g‘li, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosarietib Niyozov Zafar Karimqulovich tayinlandi. Fakultetda 2 ta kafedra qayta tashkil qilindi: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi va maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedralari. Fakultetda 2 ta yo‘nalish mavjud: 60110200 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi-bakalavriyat va 70110201– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi-magistratura. Bakalavriyat bosqichida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud. 60110200 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi-bakalavriyat bosqichida kunduzgi bo‘limda ta’lim uch tilda (o‘zbek, rus va tojik), sirtqi bo’limda ikki tilda (o‘zbek, rus) olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oily ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-584-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil teish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oily ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilanqamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 30 sentyabrdagi 412-son buyrug’iga asosan Maktabgacha ta’lim fakultetida ikki nafar tyutor Mardonov Sherzod Baxriddinovich va Shermanova Buvnisa Dinikulovna o‘z faoliyatini boshladi.

Fakultetda hozirda ikkita kafedra mavjud:
Maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi  Maktabgacha ta`lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi

 

1