Filologiya fakulteti

Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich
Filologiya fakulteti dekani
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Qabul vaqti Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha
Tel: +998 (66) 222-69-27
Fax: +998 (66) 222-69-27
E-mail: fma@rambler.ru
Telegram: @fma19730612
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy

Filologiya fakulteti


1.1. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti (keyingi о‘rinlarda matnda fakultet deb yuritiladi) nizomi О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 487-sonli buyrug‘iga binoan, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Kengashining 2020-yil 31-oktabrdagi 5/1 son qarori, institut Kengashining 2022-yil 31-avgustdagi 1-sonli qaroriga muvofiq institut rektorining 2022-yil _________dagi __-sonli buyrug‘i asosida institut (jumladan fakultet) tarkibiy tuzilmasi qayta tasdiqlangan.

     1.2. Fakultet – institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan xolda olib borish, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Fakultet tarkibiy tuzilmasida fakultet Kengashi hamda о‘quv-uslubiy kengash faoliyat olib boradi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi.

     1.3. Fakultet о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va kо‘rsatmalari, institut rektorining buyruqlari, institut Kengashining qarorlari, shuningdek Institutning Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, Jamoa shartnomasi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

     1.4. Fakultet о‘z nomi yozilgan shtampga va boshqa rekvizitlarga ega.

    1.5. Fakultet internet tizimida institutning rasmiy www.uzfi.uz saytida о‘z bо‘limiga ega.

    1.6. Fakultet joylashgan manzil:__________, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko’chasi 166-uy.

    1.7. Fakultetning rasmiy tо‘liq va qisqa nomi:

  • davlat tilida: kirill alifbosida: “Хорижий тиллар ва гуманитар фанлар факультети”;

  • davlat tili: lotin alifbosida: “Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti”;

  • rus tilida: “Факультет иностранных языков и гуманитарных наук”;

  • ingliz tilida: “Faculty of Foreign Languages and Humanities”.

II. Fakultetning asosiy vazifalari va faoliyati yо‘nalishlari

     • respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash;

  - fakultet tarkibiy tuzilmasi tasarrufidagi tegishli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklar bо‘yicha malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlarini, о‘quv va о‘quv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish, elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirish, xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat ta’lim muassasalarining ehtiyojini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogik texnologiyalarini sinovdan о‘tkazish;

  - о‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bо‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va joriy qilish;

  - idoraviy buysunishidan qat’iy nazar respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda ilmiy-pedagogik hamda о‘quv-uslubiy yordam kо‘rsatish;

  - qо‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

  - fakultet respublika pedagogika sohasi bо‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilmasi sifatida oliy ta’limning pedagogika yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlaydi, hamda respublikadagi turdosh ta’lim yо‘nalishlari uchun tayanch tarkibiy tuzilma hamdir.

1