- 2024-10-02
- 1858
Institutimizning "Fan va ta'lim integratsiyasi" ilmiy jurnali OAKning milliy nashrlar ro’yxatiga kiritildi
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining "Fan va ta'lim integratsiyasi" ilmiy jurnali OAK Rayosatining (27.09.2024-y., №361/5) qarori asosida tarix, pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan milliy nashrlar ro’yxatiga kiritildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati