- 2024-11-21
- 6271
Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari...
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Ozarbayjon ta’lim vazirligi, universitet va litsey mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjonning ta’lim tizimlari, ularning xususiyatlari hamda pedagogik tajribalar almashinuvi bo‘yicha fikrlar almashdilar.
Tashrif davomida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, ta’lim jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish va talabalar hamda o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuvlarga erishish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari institutning o‘quv jarayonlari va ilmiy tadqiqot faoliyati bilan yaqindan tanishib, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash va ta’lim sohasida yangi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim qadam bo‘ldi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati