- 2024-11-24
- 1732
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining maktablar bilan hamkorligi davom etmoqda
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti hamda Ishtixon tumanidagi 81-maktab bilan hamkorlikda ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani (PhD) Yulduz Ne‘matjonova boshchiligida fakultet jamoasi, maktab oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Seminar davomida oʻqituvchilarning pedagogik faoliyatlari tahlil qilindi hamda zarur metodik tavsiyalar berildi.
Oliy ta’lim muassasi va maktab hamkorligining yorqin namunasi sifatida 81-maktab o‘qituvchisi Fayoziddin Xolmonov O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida magistratura bosqichida tahsil olib, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ilmiy maqolalar va tadqiqotlar olib borayotganligini keltirishimiz mumkin.
Kelgusida bu kabi seminarlarni yanada koʻproq tashkil etish yuzasidan kelishib olindi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati