Pedagog xodimlar uchun huquqiy qo‘llanma


     O‘qituvchi va murabbiylar xar bir fuqaroning hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi, shu bilan birga, hayotni ijobiy tomonga o‘zgartirib yuboruvchi insonlar hisoblanadi. Hozirgi kunda ularning huquqlari ta’minlanishi har qachongidan ham muhim hisoblanadi. Chunki hozirda dunyo hamjamiyatida rivojlanish jarayoni o‘sib borishi natijasida bilimli kadrlarga jamiyatimiz juda ham muxtojdir. Bilimli, yetuk kadrlarni esa, shubxasiz, pedagoglar tayyorlab berishadi.
  Pedagoglar o‘z huquqlarini bilish orqali o‘z kasbiga bo‘lgan hurmati va faoliyatiga bo‘lgan mehri oshishiga erishish mumkin. O‘z o‘rnida pedagoglarimiz huquqlari bilan o‘z majburiyatlarini ham esdan chiqarmasligi lozimdir. Majburiyat barchamizda mavjud, ammo u pedagog uchun burch vazifasini bajarishi va o‘z lavozimiga mas’uliyat bilan yondashishi kerak.
  Pedagoglar huquq va majburiyatlarini bilish bilan birga, davlat tomonidan ularga taqdim etilgan imkoniyatlar, kafolatlar va imtiyozlarni bilishi uchun ushbu qo‘llanma ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanma pedagoglarning o‘z faoliyatini ochiq, shaffof, teng huquqlar asosida amalga oshirishiga imkon beradi.
Qo‘llanmani yuklab olish

1