Kutubxona dastlab, 1967 yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti tashkil topganda uning tarkibida tashkil etilgan. U o`z faoliyati davomida institut o`quv jarayoni samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash uchun barcha institut xodimlari va talabalariga beminnat ko`magini ko`rsatib kelgan.
1992 yilda S.Ayniy nomidagi SamDPI faoliyati to`xtatilganligi sababli, Samarqand davlat universitetiga qo`shilishi munosabati bilan bizning kutubxona kelgusida SamDU Ilmiy kutubxona filiali tarzida o`z faoliyatini davom ettirdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axboror-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida”gi 2006 yil 20 iyundagi PQ-381-sonli qarori asosida SamDU kutubxonasi Ilmiy axborot-resurs markaziga aylandi, shu o`rinda bizning kutubxona SamDU Ilmiy axborot-resurs markazining ikkinchi (IARM-2) filiali deb faoliyatini davom ettirdi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30-iyun 408- sonli qaroriga binoan Samarqand davlat universitetining O`zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Shu sababli IARM-2 filiali kelgusida ushbu institutning mustaqil Axborot-resurs markaziga aylantirildi.
ARM institut professor-o`qituvchilariga, magistr va bakalavr talabalariga, ilmiy va texnik xodimlarga xizmat ko`rsatadi. Bugungi kunda to`rt mingga yaqin kitobxon foydalanuvchilarni tashkil etadi.
ARM ish vaqti: 8-00 dan 17-00 gacha.
ARMda: - Ilmiy-uslubiy va axborot-ma`lumot (davriy nashrlar) bo`limi;
-
Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo`limi;
-
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi (abonement va o`quv zal);
-
Elektron axborot-resurs bo`limlari faoliyat ko`rsatmoqda.
ARM IRBIS dasturi asosida elektron katalogini yaratmoqda. Bugungi kunda 4 mingga yaqin nomdagi adabiyotlar elektron katalogga kiritilgan. Undan tashqari foydalanuvchilar uchun elektron kutubxona tizimi mavjud, https://library.uzfi.uz manzili orqali bepul ro'yhatdan o'tib foydalanish xizmati yo'lga qo'yilgan.
Samarqand davlat universiteti O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi – 19268 nomda 122115 nusxani tashkil etadi. Bundan:
-
Ilmiy adabiyot – 6743 nomda 20229 nusxada;
-
Badiiy adabiyot – 1405 nomda 3031 nusxada;
-
Darsliklar – 3051 nomda 39015 nusxada;
-
O`quv qo`llanmalar – 5254 nomda 45765 nusxada;
-
Boshqa adabiyotlar – 2815 nomda 14075 nusxada;
-
Davriy nashrlar(gazeta va jurnal) – 97 nomda 8725 nusxada.
-
Elektron adabiyotlar fondi – 7435 nomdani tashkil etadi.
ARM Kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi (KBK) asosida o`z ishini yuritadi. Kutubxonaga qabul qilingan adabiyotlar KBK asosida tasniflanadi.
ARM qoshida o`quv zal faoliyat ko`rsatmoqda. O`quv zal umumiy kitob fondi 2600 nomda 14726 nusxani tashkil qiladi. Oquv zal 62 ish o`ringa mo`ljallangan. O`quv zal ish vaqti: 8-00 dan 18-00 gacha.