Institutning bakalavriat ta’lim yo’nalishlari negizidagi 13 magistratura mutaxasisisliklari faoliyat yuritmoqda:
70110601-Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (matematika)
70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari
70110901-Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (Biologiya)
70110801-Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (kimyo)
70111001-Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (geografiya)
70112201-Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi
70111101–Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix)
70111401-O’zbek tili va adabiyoti
70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
70111301-Musiqa taʽlimi va sanʽat
70110101–Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi boʻyicha)
70110501–Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta’lim)
70110201–Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim).
Hozirgi kunda institutning I-bosqichida 102 nafar II-bosqichida 9 nafar magistrant ta’lim olmoqda. 13 ta mutaxassislikda mutaxassislik fanlaridan darslarni oʽtishga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun institutning tajribali professor-o’qituvchilari jalb etilgan. Bundan tashqari, magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, hozirgi vaqtdagi dolzarb masalalarga bag’ishlangan mavzularda magistrlik dissertatsiyalari ustida ish olib borish, konferensiyalarga faol ishtirokini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlari natijalar asosida ilmiy maqolalar chop etish masalalariga ham alohida eʽtibor berilmoqda.
Magistratura bo’limining vazifalari:
-
Samarqand davlat universitetining Oʽzbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti mutasaddi kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda faoliyatini muvofiqlashtirish;
-
Oʽzbekiston Respublikasining taʽlimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va oʽrta maxsus ta’lim vazirligining Hayʽat Qarorlari, buyruqlari, yoʽriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, direktor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, boʽlimlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
-
Oʽzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini magistrantlarga yetkazib borish;
-
Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
-
Institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar oʽrtasida yoʽnalish bo’yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
-
Institut barcha boʽlinmalarining magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
-
Magistrlar tayyorlash boʽyicha o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga koʽmaklashish;
-
Magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va oʽqitish sifatini nazorat qilish;
-
Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o’qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
-
Magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari boʽyicha ustuvor yo’nalishlarni aniqlash;
-
Magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
-
Magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash boʽyicha faoliyatini “Magistratura toʽgʽrisida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
-
Magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni taʽminlash;
-
YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta`minlash.