O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaga oid havf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
institutda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish. Shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida korrupsiyaviy havf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kabul kilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;