San'atshunoslik fakulteti

Xayriyev Isroil
San’atshunislik fakulteti dekani
dotsent

Qabul vaqti har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
Tel: +998 (66) 222-69-27
Fax: +998 (66) 222-69-27
E-mail: xayriyev1958@mail.ru
Telegram: +998 (66) 222-69-27
Manzil: Spitamen shoh ko'chasi

San'atshunoslik fakulteti Xodimlar


...
Ashurov Maxmud Shahobovich

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari

Shaxsiy kabinet

San'atshunoslik fakulteti


     San'atshunoslik fakulteti dastlab, 1969 yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida “musiqa va ashula” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 
Yillar davomida kafedra kengayib,  1982 yildan musiqa ta'limi fakultetiga aylangan. 1992 yildan boshlab sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti Samarqand davlat universitetiga qushilishi munosabati bilan musiqa ta'limi fakulteti universitit tasarufida faoliyatni davom ettirdi.    
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019 yil 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladigan birinchi tashabbusning amaliy ijrosi sifatida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining “Respublika oliy ta'lim muassasalarida san'atshunoslik fakultetlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-maydagi 404-sonli qarori va Samarqand davlat universiteti rektorining 2019 yil 7-maydagi №-367-ij sonli buyrug‘i asosida musiqa, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo‘nalishlari negizida “San'atshunoslik fakulteti” qayta tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi “Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’grisida”gi 408-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2021 yil 2 iuyldagi Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilishi munosabati bilan musiqa ta’limi, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, teznologik ta'lim yo‘nalishlari negizida “San'atshunoslik fakulteti” qayta tashkil etildi. 
Bugungi kundi fakultetda 24 nafar malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda.  Isroil Xayriev rahbarligidagi fakultet jamoasi yoshlarni Vatanga, ota-onaga, hayotga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish ularning asosiy maqsad etib belgilandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari so‘rilgan 5 ta muxim tashabbus doirasida, jumladan birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga qaratish maqsadida fakultetning musiqa ta'limi kafedrasi qoshidagi “Dutorchilar”, “Dilnavo” ansambli,   “Vokal” ansambli, muhandislik grafikasi kafedrasida   “Grafika” ,“Yosh rassomlar” “Naqqoshlik” to’guraklari, Umumtexnika fanlari va texnologiyalar kafedrasida  ”Mohir qo’llar”,”Yosh duradgorlar” to’garagi tashkil etildi
2000-yillardan keyingi davr fakultet uchun ijodiy ishlar va yutuqlarga erishish davri bo‘ldi. Aynan musiqa ta'limi fakulteti talabalaridan tashkil topgan universitetning “Ilhom” teatr-studiyasi 2001 yilda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi ko‘rik tanlovda «Behbudiy» asari bilan ishtirok etib, 2-o‘rinni, «Xazina-2003» o‘zbek folklor san'ati va urf-odatlari festivalida «Chet ellik kuyov» asari bilan ishtirok etib, respublikada  3-o‘rinni, «Nihol-2004» festivalida «Mehr-muruvat chashmasi» sahna asari bilan ishtirok etib, respublikada  1-o‘rinni, «Xazina-2005» o‘zbek folklor san'ati va urf-odatlari festivalida «Al-iksir – jon malhami» asari bilan ishtirok etib, respublikada 3-o‘rinni, «Nihol-2006» teatr san'ati festivalida «Asalari ibrati» spektakli bilan ishtirok etib, respublikada 1-o‘rinni egallagan.  Shu yilni o‘zida «Barhayot an'analar» folklor festivali tanlovida «Oqtov oydini» asari bilan ishtirok etib, respublikada 3-o‘rinni, 2007 yili esa «So‘g‘d bayrami» asari bilan ishtirok etib, respublikada Gran-priga sazovor bo‘ldi. 
     2008 yil 10-noyabrda kasbiy ta'lim fakulteti bilan musiqiy ta'lim fakultetlari birlashib, san'atshunoslik fakulteti tashkil topdi. Bularning barchasi ma'naviy barkamollikka erishuv yo‘lidagi keng jabhada olib borilayotgan amaliy say-harakatlardir. Zero, ma'naviyat-ma'rifat sohasini yuksaltirish borasidagi har qanday tadbir kelgusi taraqqiyotimizning ishonchli va mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladi. 2008 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tashabbusi bilan talabalarimiz Qarshi shahrida o‘tkazilgan tadbirda  «Baxshi bayoti» pyesasi bilan ishtirok etib, respublikada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
Fakultet qoshida tashkil etilgan «Guldasta» xor jamoasi 2008-2017 yillar davomida xar yili “O‘zbekiston – Vatanim manim”, “Yagonasan, muqaddas Vatan”, “Barhayot an'analar” qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovlarida “Vatan”, “Sen mening Vatanimsan”,  “O‘ktam diyorim”,  “Vatan zikri”,  “Azizsan Vatan”  qo‘shiqlarini ijro etib, respublikada I-II-III o‘rinlarni va Gran pri mukofotlarini qo‘lga kiritib kelgan.
     2019 yilda “5 ta muhim tashabbus” doirasida “Jonajon O‘zbekiston, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika talaba yoshlar festivalida talabalari ishtirok etishib, OTVning   diplom va faxriy yorliqlari bilan, “Yoshlar Vatan xizmatida rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” mavzusidagi ijodiy ishlari Respublika tanlovida “Eng yaxshi plakat” nominasiyasi bo‘yicha Respublikada faxrli 1-o‘rinni, “Alla -2020” onlayn respublika ko‘rik-tanlovida 2-o‘rinni,  “Qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik” fanidan respublika onlayn fan olimpiadasida 2-o‘rinni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan “Orol dengizi bolalar nigohida” nomli onlayn rasmlar tanlovida III-darajali diplom va sertifikat bilan taqdirlangan. 

1