KAFEDRA TARIXI
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 2019-yil 5-yanvar Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashining 6-sonli qarori va universitet rektorining 8-ijro sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan. 2019-2023 yillar oktabrgacha Kafedra mudiri – dotsent Rabbanaqulov Hikmatillo, Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashi qarori asosida tasdiqlangan. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi 2021-yil Samarqand davlat universiteti O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilishi bilan Samarqand davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi bazasidan yangi kafedra sifatida ajralib chiqqan. Hozirda kafedra mudiri – dotsent Mardanov Eshim Muratovich rahbarlik qilmoqdalar. Kafedrada hozirgi vaqtda asosiy va o’rindosh shtatdagilardan 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar v.v.b.dotsent (PhD), 3 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistent va 1 nafar kabinet mudiri. Kafedrada professor o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 46 ni tashkil etadi. Kafedra ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil qiladi.
Kafedrada o’tiladigan fanlar:
-
Matematika o‘qitish metodikasi
-
Matematika va uni o‘qitish metodikasi
-
Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi
-
Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi” professor-o‘qituvchilari o‘zlarining tasdiqlangan shaxsiy ish rejalari asosida ish olib bormoqdalar. Har bir professor.-o‘qituvchi shaxsiy ish rejasida ko‘rsatilgan soat miqdori bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti jamoat ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda. Har o‘quv yilining dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizning mustaqillik bayram shodiyonasiga yo‘nalishimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari bir tan, bir jon bo‘lib bayram tayyorgarligi ko`rishadi va 2023 yil fevral kuni 1-son talabalar turar joyida “Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi” professor-o’qituvchilar tomonidan kafedra kunlari bo’lib o’tdi. O‘quv yili davomida kafedraning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi ishlab chiqilib va tasdiqlanib, 1-son talabalar turar joyida kafedra kuni o‘tkazish yil davomida reja asosida tashkil etilib borildi.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavzusi: ”Boshlang’ich ta’lim metodologiyasining yangi bosqichdagi muammolari”. Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Kafedra a’zosi kata o’qituvchisi Salimov Akram Hayitovich fakultetning kasaba uyushma kengashi raisi, kafedra o‘qituvchisi dots.Xudayqulova Shaxlo Mamaniyozovna fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, kafedra assistenti Razaqova Mashxura Kamaliddinovna xorijiy aloqalar bo’yicha mas’ul. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashmoqda. Kafedrada 60110500-Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishida 2023-2024 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida 293 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 125 nafar va talaba ta’lim olmoqda.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– talabalarda matematika o’qitish metodikasi, tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi va texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanlarini o’qitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– Muhim metodik tushunchalarni o’rganish qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– bo’lg’usi boshlang’ich talim o’qituvchisi sifatida tayyorlashda bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish;
Bakalavriatda 5 ta fan:
– Matematika va uni o’qitish metodikasi (asosiy);
– Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi (asosiy);
– Texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi (asosiy);
– Mutaxasislikka kirish (asosiy);
– Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi (asosiy);
Tanlov fanlar 3 ta fan:
– Boshlang'ich ta'limda didaktik o'yinlar orqali tenglamalar yechishga o'rgatish (tanlov);
– Boshlang'ich sinf matematika darsliklari mazmuni (tanlov);
– Matematika praktikumi (tanlov);
Kafedra tomonidan 2022-2023 yillarda:
– 4 ta OAKda;
– 30 ta xalqaro ilmiy maqola;
Shuningdek,
– 13 ta xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.
– 5 ta o’quv va uslubiy qo’llanmalar
– 1 ta monografiya.
– 1 ta darslik.
Kafedrada quyidagi to’garaklar faoliyat olib bormoqda
-Mohir qo’llar to’garagi a’zolari soni 48 nafar
To’garak rahbari: Katta o’qituvchi Salimov Akrom Hayitovich
-Yosh tabiat shunoslar to’garagi a’zolari soni 42 nafar
To’garak rahbari: v.v.b.dotsent Xudayqulova Shahlo Mamaniyozovna
-Boshlang’ich ta’lim to’garagi a’zolari soni 20 nafar
To’garak rahbari: Assistent Eshqobilova Guldona Nafasova