- 2026-03-05
- 5514
Samarqandda O‘zbekiston-Vengriya uchinchi rektorlar forumi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 5-mart kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi o‘z ishini boshladi.
Nufuzli xalqaro anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi József Rózsa, Óbuda universiteti rektori Levente Kovach ochib berdilar.
Forumda Samarqand davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov ham ishtirok etmoqda.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
