Hamkorlikning yangi bosqichi

  • 2025-04-22
  • 5490
Hamkorlikning yangi bosqichi
Hamkorlikning yangi bosqichi

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Tojikiston Respublikasining “Дунёи рушди чомеа” nodavlat tashkiloti rahbari S.Safarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.

Institut rektori Shahzoda Negmatova delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ta’lim sohasida, xususan, inklyuziv ta’lim va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar institutda inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, bu yo‘nalishdagi faoliyatni yuqori baholadilar. Shundan so‘ng, inklyuziv ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish borasida fikrlar almashildi.

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Axborot xizmati

Share This Post