- 2025-04-22
- 5146
Javodbek Kozimov tavalludining 65 yilligi munosabati bilan xotira kechasi o‘tkazildi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Turon” Fanlar akademiyasi faxriy akademigi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, dotsent Javodbek Kozimov tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, tadbir mehmonlari Javodbek Kozimovning nomi berilgan xor sinfining ochilish marosimida qatnashdilar. Ochilishda so‘zga chiqqanlar ijodkorning serqirra hayoti, musiqiy faoliyati va ta’lim sohasidagi beqiyos xizmatlarini yuksak baholab, uning madaniyat va san’at rivojiga qo‘shgan hissasini chuqur ehtirom bilan yodga oldilar.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati