- 2025-04-22
- 6144
Javodbek Kozimov tavalludining 65 yilligi munosabati bilan xotira kechasi o‘tkazildi

“Turon” Fanlar akademiyasi faxriy akademigi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, iste’dodli pedagog va san’atkor, dotsent Javodbek Kozimov tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasining badiiy qismi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda ijodkorning oila a’zolari, yaqin do‘stlari, hamkasblari, ko‘plab shogirdlari, institut rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Kecha davomida Javodbek Kozimov tomonidan yaratilgan noyob san’at asarlari shogirdlari tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi. Asarlar uning san’atga, milliy musiqa merosiga bo‘lgan cheksiz muhabbatini va betakror ijodiy mahoratini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbir davomida ustozning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilinib, uning milliy musiqa rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shogirdlariga bergan bebaho saboqlari haqida iliq fikrlar bildirildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati