- 2025-05-08
- 5848
Xotira abadiy, ehtirom cheksiz!

O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand shahridagi “Bog‘isaroy” mahallasida yashovchi 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibasi Maryam Shodiyeva xonadonida bo‘ldi.
Shahzoda Negmatova Maryam Shodiyevaning xalq manfaati va Vatan ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan fidokorona xizmatlarini e’tirof etib, uni esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirladi. Uchrashuv davomida institut talabalari tomonidan bayramga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar jonli ijroda yangradi.
Suhbat ko‘tarinki ruhda o‘tib, tadbir mehmondo‘stlik, hurmat va qadrlash tuyg‘ulari bilan boyitildi. Bu uchrashuv el-yurt xizmatida sobit turgan nuroniylarga bo‘lgan e’tibor va ehtiromning amaliy ifodasiga aylandi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati