Xotira abadiy, ehtirom cheksiz!

  • 2025-05-08
  • 4862
Xotira abadiy, ehtirom cheksiz!
Xotira abadiy, ehtirom cheksiz!

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand shahridagi “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi, 90 yoshni qarshilagan Boqi Egamberdiyevning xonadonida bo‘ldi. 

Muloqot chog‘ida Boqi Egamberdiyev o‘zining og‘ir mehnat va hayot yo‘li, uzoq yillik faoliyati haqida so‘zlab, yoshlarga o‘zining boy tajribasidan kelib chiqqan holda foydali tavsiya va maslahatlarini berdi. Shuningdek, mehnat faxriysiga esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma topshirildi. Yakunda institut talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post