Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi yakunlandi
MAINPAGE SPORT EVENT
2025-05-13
7972
Musobaqaning final bosqichi uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti belgilandi. Mazkur institutda shaxmat bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar talaba ishtirok etdi. Badminton bo‘yicha musobaqalar Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetida tashkil etilib, 120 nafar talaba g‘oliblik uchun bellashdi. Shu bilan birga, Samarqand davlat universitetining sport zalida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqalarida ham 120 nafar talaba ishtirok etdi.
Bugun O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida musobaqalarning yakuniy natijalari e’lon qilindi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Taqdirlash marosimida institut rektori Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqadagi faol ishtiroklari bilan tabrikladi.
🔹 Badminton:
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin — Andijon viloyati
🔹 Stol tennisi: 1-o‘rin — Toshkent viloyati 2-o‘rin — Xorazm viloyati 3-o‘rin — Farg‘ona viloyati
Musobaqalarda ishtirok etgan barcha talabalar, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati
-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-
Telegram kanalimizni Kuzatib boring.
Institut davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, pedagogika sohasi bo'yicha tarbiya va o'qitish usullari, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan
Manzil:Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy