“Akademik Said Shermuxamedov falsafiy merosi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

  • 2025-05-15
  • 5266
“Akademik Said Shermuxamedov falsafiy merosi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
“Akademik Said Shermuxamedov falsafiy merosi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Said Shermuxamedov falsafiy merosiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuxamedova, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professori Jo‘raboy Yaxshilikov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor maslahatchisi, professor Baxtiyor To‘rayev, Samarqand davlat universiteti professori Aktam Samadov kabi yetuk olim va mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda akademik Said Shermuxamedovning hayoti, ilmiy-falsafiy qarashlari, pedagogik faoliyati va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni keng yoritildi. Falsafa ilmiga qo‘shgan salmoqli hissasi, boy ilmiy-ma’naviy merosi va zamonaviy ta’lim jarayonlariga ta’siri alohida ta’kidlandi.

Professor Shahzoda Negmatova o‘z nutqida olimning ilm-fanga fidokorona xizmatlari, ustoz-shogird an’analarini davom ettirishdagi faoliyati, ilmiy izlanishlarda shogirdlariga ko‘rsatgan beqiyos ilmiy yordami hamda yoshlarga qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Seminar doirasida akademik nomi bilan atalgan o‘quv auditoriyasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Said Shermuxamedov hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan yangi kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post