- 2025-05-24
- 5248
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Turkiyaning oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Turkiyaning Balikesir, Ordu, Ahi Evran hamda 19 May universitetlaridan bir guruh professor-o‘qituvchilar tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, o‘quv jarayoni va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Jumladan, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda malaka oshirish bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi.
Shuningdek, institut huzurida faoliyat yuritayotgan "Turk tili markazi" doirasida, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan, turk tilini yetarli darajada egallagan talabalarni tanlov asosida Turkiya oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tash imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek xalqaro ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati