Malayziyaning Osiyo Tinch okeani universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

  • 2025-05-28
  • 6337
Malayziyaning Osiyo Tinch okeani universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
Malayziyaning Osiyo Tinch okeani universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida Malayziyaning Osiyo Tinch okeani universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbirni “Zakovat” o‘yini asoschisi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayev olib bordi. Unda Malayziya oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi 20 ta O‘zbekistonlik talabalar jamoasi ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasi ham bir jamoa sifatida qatnashib, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post