“Bir haftada bir kitob” – tafakkur va ma’naviyat maktabi

  • 2025-06-16
  • 6248
“Bir haftada bir kitob” – tafakkur va ma’naviyat maktabi
“Bir haftada bir kitob” – tafakkur va ma’naviyat maktabi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Bir haftada bir kitob” nomli tadbir tashkil etildi. Navbatdagi haftada Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” hamda Said Ahmadning “Ufq” romanlari tanlandi.

Kitobxonlik tadbiri davomida talabalar asarlar yuzasidan fikr bildirib, tahlillar yuritdilar. Jonli va mazmunli suhbatlar nafaqat ularning kitobxonlik saviyasini, balki mustaqil fikrlash, nutq va tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post