“Raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” haftaligi doirasida tabiiy fanlar fakulteti talaba-qizlari uchun ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

  • 2025-11-28
  • 5929

Viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Nargiza Fayziyeva “Huquqshunos bilan suhbat: raqamli zo‘ravonlikka uchragan talaba-qizlarning huquqlari” mavzusida ma’ruza qilib, raqamli zo‘ravonlik, uning huquqiy oqibatlari va himoya choralari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, videoroliklar namoyish etildi va tarqatma materiallar taqdim qilindi.  

Institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ozoda Anorqulova talaba-qizlarga raqamli zo‘ravonlikdan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlash hamda murojaat qilinadigan xizmatlar haqida tushuntirdi.  

Tadbir talabalarda huquqiy madaniyatni oshirish va xavfsiz raqamli muhitda faol bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post