- 2025-12-03
- 6018
Yotoqxona va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi
Tabiiy fanlar fakulteti dekani, dotsent O‘ktam Mirzayev boshchiligidagi fakultet jamoasi davlat–xususiy sherikchilik (DXSh) asosida faoliyat yuritayotgan talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, mavjud qulayliklar, sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi, shuningdek umumiy muhit sinchiklab o‘rganildi. Kuz–qish mavsumi munosabati bilan talabalar uchun eng muhim bo‘lgan masalalar — isitish tizimining holati, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, gazdan ehtiyotkorona foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.







Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
