Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi

  • 2025-12-03
  • 6024
Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi
Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi

Tillar fakulteti dekani Iroda Utayeva boshchiligidagi jamoa talabalar bilan doimiy ishlash, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijara xonadonlarida bo‘ldi.

Jarayon davomida: Ijara xonadonlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlari va gigiyenik holati ko‘zdan kechirildi. Talabalarning kundalik hayotidagi muammo va ehtiyojlari tinglandi. Yong‘in xavfsizligi, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va sanitariya talablari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post