- 2025-12-03
- 5855
SamDPIda "Yosh targ‘ibotchilar guruhi" tashkil etiladi
Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari hamda institutning faol talabalari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yoshlar yetakchilari va koordinatorlari tomonidan faol talabalar orasidan yosh targ‘ibotchilar guruhlarini shakllantirish masalasi muhokama qilindi.
❗️ Mazkur guruhlarning asosiy vazifalari sifatida:
🏦 giyohvandlik va narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha maqsadli targ‘ibot-tashviqot faoliyatini tashkil etish;
🏦 virtual makonda diniy ekstremizm, terrorizm va kiberjinoyatlar profilaktikasiga oid axborot-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish;
🏦 talabalar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida mas’ullar tomonidan mazkur yo‘nalishlardagi faoliyatni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ko‘zda tutilgan tashabbuslarni izchil amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
