- 2025-12-03
- 5728
Samarqand davlat pedagogika instituti va Turkiyaning Anadolu universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Turkiyaning Anadolu universiteti prorektori, professor Ajevit O‘ksuz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlarining ilk muloqoti bo‘lib, unda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, talabalarga onlayn tarzda turk tilini o‘qitish, masofaviy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, xorijiy stajirofkalarni yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish hamda pedagogika yo‘nalishida masofaviy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
