- 2025-12-03
- 6017
SamDPIda “Ikki madaniyat ranglari” ko‘rgazmasi ochildi
Samarqand davlat pedagogika institutida “Ikki madaniyat ranglari” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda tasviriy san’at va texnologik ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma institut rahbariyati ko‘magida 2025-yilning aprel oyida kafedra professori Hamza Jo‘rayev va tasviriy san'at yo‘nalishidagi bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan Rossiyaning Tambov davlat universitetida tashkil qilingan plener amaliyoti davomida yaratilgan asarlarni namoyish etish maqsadida tashkil qilindi.
Ko‘rgazmani institut rektori, professor Shahzoda Negmatova tantanali ravishda ochib berdi hamda ijodkor talabalarni ushbu ko‘rgazmasi bilan qutladi.
Ko‘rgazmada tomoshabinlar o‘zbek va rus madaniyatini aks ettirgan manzara, portret, natyurmort, abstrakt va amaliy san’at asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
