Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

  • 2025-12-04
  • 5867
Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

“Kelajak soati” darslarining navbatdagi mashg‘uloti aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani Abubakr Abdullayev hamda Informatika kafedrasi mudiri O‘tkir Saidovlar tomonidan o‘tkazildi.

Dars jarayonida Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan asosiy yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berilib, talabalarga quyidagi jihatlar tushuntirildi:

🔹 ehtiyojmand aholining uy-joy bilan ta’minlanishi davlatning aniq majburiyati etib belgilangani;
🔹 fuqarolar bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat majburiyatlari kuchaytirilgani;
🔹 kafolatlangan tibbiy yordam, ta’limning barcha shakllariga davlat g‘amxo‘rligi, o‘qituvchi maqomini mustahkamlovchi normalar Konstitutsiyada mustahkamlanganligi;
🔹 oilalar, bolalar, ayollar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi qoidalar joriy etilgani.

Shuningdek, Konstitutsiya normalarining mamlakatning barcha hududida bevosita qo‘llanishi huquqiy davlat barpo etishning muhim tamoyili ekani alohida ta’kidlandi. Bu yondashuv fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ishonchli himoya qilish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post