- 2025-12-12
- 5985
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/13.06.2025.F.178.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Kengash raisi, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, kun tartibi bilan tanishtirdi hamda dissertantlarga muvaffaqiyat tiladi.
Dastlab Nasimov Azizbek Azimovichning “Axborotlashgan jamiyatda axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi” mavzusidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi tinglandi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi navbatdagi masala — Sharipova Shaxzoda Xasanovnaning “Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda turizm madaniyatining roli” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida dissertantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari Ilmiy kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va dissertatsiya ishining himoyasi muvaffaqiyatli deb topildi.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
