Samarqandda oliy va kasbiy taʼlim masalalari muhokama qilindi

  • 2026-02-07
  • 5762
Samarqandda oliy va kasbiy taʼlim masalalari muhokama qilindi
Samarqandda oliy va kasbiy taʼlim masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xusen Toʻxtayev ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni kuchaytirish, xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish hamda kasbiy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda “oliygoh–korxona–hudud” tamoyili asosida ish olib borish, yoshlar bandligini taʼminlash va ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish muhim vazifa sifatida qayd etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/129312

Tags
Share This Post