Студенческое общежитие

Студенческое общежитие

Talabalar uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitlari yaratildi.

TTJ
Image 1
Image 2
Image 3
Image 4

Talabalar Turar Joyi haqida batafsil

Samarqand davlat pedagogika institutining talabalar turar joylari haqida
MA’LUMOT

Samarqand davlat pedagogika institutida talabalar uchun umumiy sig‘imi 1252 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta talabalar turar joyi faoliyat yuritadi. Shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida tashkil etilgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi ham mavjud.
DXSH asosidagi talabalar turar joyiga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori 9-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur qarorga asosan, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan va turar joyga ehtiyoji mavjud talabalar to‘liq ta’minlanmaguniga qadar boshqa ta’lim shakllarida o‘qiyotgan talabalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga, ehtiyojdan kelib chiqqan holda kechki ta’lim shakli va magistratura bosqichida tahsil olayotgan qiz talabalar DXSH asosidagi talabalar turar joyida istiqomat qilishlari mumkin.
Talabalar turar joylarining hozirgi holati
1-sonli talabalar turar joyi – 700 o‘rin:
150 o‘rin — o‘g‘il bolalar uchun
550 o‘rin — qizlar uchun


4-sonli talabalar turar joyi – 312 o‘rin (faqat qizlar uchun)


5-sonli talabalar turar joyi – 240 o‘rin (faqat qizlar uchun)


Mazkur talabalar turar joylari talabalar uchun yashashga to‘liq shay holatga keltirilgan.
Shuningdek, talabalar kontingentidan kelib chiqib, turar joyga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash maqsadida DXSH asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi (faqat qizlar uchun) faoliyat yuritib kelmoqda.


Talabalar turar joyiga joylashish tartibi
Talabalar institut talabalar turar joylariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
my.gov.uz orqali elektron ariza topshirishlari lozim.
Elektron ariza topshirilgandan so‘ng, belgilangan tartibda Registrator ofisiga murojaat qilish talab etiladi.