Samarqand davlat pedagogika instituti hamda France Education International (FEI) o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda

  • 2026-02-25
  • 5522

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova France Education International (FEI) tashkiloti mutaxassislari — R. Duarte va K. Moermanlarni qabul qildi.
Uchrashuv davomida FEI tomonidan pedagoglarning fransuz tili bilimlarini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari taqdim etildi. Shuningdek, fransuz tilida ta’limni joriy etishdan avval o‘qituvchilarning til darajasini bosqichma-bosqich oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Muloqot jarayonida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning fransuz tilini bilish darajasini tizimli ravishda oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Shu bilan birga, Fransiya bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi inobatga olinib, institutda tahsil olayotgan matematika va fizika ta’lim yo‘nalishlari talabalari orasidan kelgusida fransuz o‘quv dasturlari asosida faoliyat yuritadigan maktablar uchun malakali zahira kadrlar tayyorlash, shuningdek, bunday maktablar sonini ko‘paytirish masalalari yuzasidan ham qator amaliy kelishuvlarga erishildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post