- 2026-02-27
- 5527
Hurmatli institut jamoasi, aziz talabalar!
Joriy yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqot mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. Unda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
🟢 Xususan, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, startap va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta o‘rganish, volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida ta’kidlandi. Bu tashabbuslar yoshlarimizning raqobatbardosh, bilimli va faol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.
🟢 Pedagogika instituti jamoasi sifatida bizning mas’uliyatimiz yanada ulkandir. Biz kelajak o‘qituvchilarini tayyorlaymiz. Shu bois ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodika va innovatsiyalarni joriy etish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
🟢 Hurmatli ustozlar va talabalar! Har bir ilg‘or g‘oya va tashabbus doimo qo‘llab-quvvatlanadi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan institutimizni yoshlar taraqqiyotining yetakchi ilmiy-pedagogik maskaniga aylantiramiz. Ishonch bilan oldinga intilaylik!
Shahzoda Negmatova
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati,
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor
