Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!

  • 2026-03-13
  • 5522
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!

2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
🌳 Mazkur tashabbus doirasida Samarqand davlat pedagogika institutida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.
Hashar jarayonida institut hududini obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, daraxt va butalarga shakl berish, ularni oqlash, hududni begona o‘tlardan tozalash, supurish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, yangi gul ko‘chatlari hamda manzarali va mevali daraxtlar ekilib, hududning yanada ko‘rkam va obod bo‘lishiga xizmat qiladigan ishlar bajarildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post