- 2026-03-16
- 5519
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar akademiyasi forumi” o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy hamda innovatsion faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Yoshlar akademiyasi forumi” tashkil etildi.
Forumda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan davlat stipendiyalari sohiblari, fan olimpiadalari g‘oliblari, startap loyihalar mualliflari hamda ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etib kelayotgan iqtidorli talabalar qatnashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z ilmiy tajribalari, erishgan yutuqlari va amalga oshirayotgan loyihalari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va tajribali talabalar tomonidan batafsil javob oldilar.
Forum yakunida institut va fakultetlarning faol liderlari hamda tashabbuskor talabalari taqdirlandi. Mazkur tadbir yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, innovatsion g‘oya va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
